2016 yilning 2 sentabr sanasi. Aynan shu kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti 78 yoshida vafot etdi. «Gazeta.uz» Islom Karimov ulg‘aygan xonadon va tahsil olgan maktabdan fotoreportaj tayyorladi.
O‘zbekistonda ilk Mustaqillik bayrami qayerda va qanday o‘tkazilgan? Unga kim rejissyorlik qilgan? Islom Karimov va rejissyor munozarasiga nima sabab bo‘lgan? “Gazeta.uz” bilan suhbatda 1992−2001-yillardagi bayramlar tashkilotchilaridan biri Usmon Qoraboyev shu va boshqa savollarga javob berdi.
Poytaxtdagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi kutubxona rasman ochildi. 70 mingdan ortiq kitob va 10 mingdan ziyod jurnalni jamlagan kutubxonada olim va tarixchilarning birinchi prezident haqidagi qo‘lyozmalari ham mavjud. Barchani 5 sentabrdan qabul qiladigan maskandan «Gazeta.uz» fotoreportaji.
O‘zbekiston birinchi prezidentining yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan Georgiy Kraynov 88 yoshida vafot etdi. U so‘nggi yillarda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlab kelayotgandi.
Samarqandga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Unga muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamrohlik qildi. Qolaversa, davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasi qurilishi bilan ham tanishdi. Bu yerda qariyb 10 ming kishilik masjid, 4ta minora, ayvonlar, yerostida galereyasi barpo etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Shuningdek, marosimda Oliy Majlis palatalari, prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.
30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Bu yil u 84 yoshni qarshilagan bo‘lardi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan prezident bilan 25 yil ishlagan, birinchi davlat rahbarining shaxsiy fotografi Farhod Qurbonboyev tahririyatga uning noyob fotosuratlarini taqdim etdi.
2016 yil 8 sentabr kuni O‘zbekiston parlamenti palatalarining qo‘shma majlisida mamlakatning o‘sha vaqtdagi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston prezidenti vazifa va vakolatlari vaqtincha yuklatildi. Majlisda o‘sha vaqtdagi Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarlik lavozimlarida yetarli tajribaga ega emasligi sababli prezidentlikni bajarishni unga yuklamasliklarini so‘ragan edi. Sobiq moliya vaziri esa Shavkat Mirziyoyevni Islom Karimovning «sodiq shogirdi va siyosiy farzandi» deya ta’riflagan edi.
Shavkat Mirziyoyev, Tatyana Karimova, prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi vakillari, parlament a’zolari va davlat organlari rahbarlari birinchi prezident Islom Karimovni xotirlashdi. Davlat rahbari birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov amalga oshirgan ulkan ishlarni qayd etdi. «Biz hech qachon o‘tgan davrdagi ishlarni yomonlamaganmiz, kelgusida ham bunday qilmaymiz», — deya ta’kidladi u.
Birinchi prezident Islom Karimovning xiralashtirilgan surati Mahalla telekanalida efirga uzatilayotgan serialda namoyish etildi. Kanal rahbariyati videomontaj vaqtida portretga xira tortilganini «texnik xatolik» deb atadi.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarbayev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov bilan o‘zbek-qozoq chegarasini shakllantirish bo‘yicha qanday muzokaralar olib borganini so‘zlab berdi. «Har doim o‘zining qarashi bor edi. U bilan kelishish juda qiyin bo‘lgan», — dedi u.
1999 yil 16 fevralda Toshkentda, shu jumladan Mustaqillik maydonidagi hukumat binosi yaqinida bir qator kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohat olgan. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov teraktning diniy ekstremistlar tomonidan uyushtirilgani, ularning maqsadlaridan biri uning hayotiga suiqasd uyushtirishdan iborat bo‘lganini ta’kidlagan edi. «Gazeta.uz» o‘sha kuni muhrlangan tasvirlarni e’lon qilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi birinchi prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
30 yanvar — O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Ushbu sana munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligi tomonidan taqdim etilgan mustaqil O‘zbekistonning birinchi rahbarining 19 ta fotosurati bilan bo‘lishamiz.
Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarov BBC’ga bergan intervyusida prezidentlik muddati davomida avtoritar hokimiyat o‘rnatish xohishi yo‘qligini aytib, O‘zbekiston misolini keltirdi. «Karimov davrida kuchli diktatura edi. Shavkat Mirziyoyev kelgach, diktaturani olib tashlab, dunyoga eshigini ochdi. Agar diktatura o‘rnataman desa, Karimovning diktaturasini davom ettirsa bo‘lardi. Davom ettirmadi-ku. Bu har bir odamning o‘ziga bog‘liq», — dedi Japarov.
Qashqadaryo viloyatida Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun tashkilot va muassasalarga har biri 450 ming so‘mdan 200 ta byust tarqatilgani xabar qilindi. Viloyat XTV o‘qituvchilardan byustlar uchun pul yig‘ilganini rad etdi.
Toshkent, Samarqand va Qarshida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, parlament va hukumat vakillari poytaxtdagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting